Rasmiy munosabat: Maktabgacha ta'lim tashkilotida tekshiruv o'tkazildi

Telegram ijtimoiy tarmog'ida Olmazor tumanida joylashgan 472-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga berilayotgan taomning sifati shubhali ekanligi yuzasidan shikoyat tarzidagi video xabar e'lon qilindi.


Holatga oydinlik kiritish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ta'lim tashkilotida tekshiruv ishlari olib borildi. Jarayonda bevosita murojaatchining o'zi ham ishtirok etdi. Natijada videoda aks etganidek, bolalarga berilgan somsadan olib qo'yilgan sutkalik namunada go'sht taomnomadagi grammiga ko'ra kamroq soilingani, taom tayyorlash jarayonida texnologik jarayonning buzilish holati aniqlandi. 

Oshxonadagi ish jarayonini nazorat qiluvchi brakeraj komissiyasining ish faoliyati sustligi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tashkilot rahbariga nisbatan tushuntirish berildi hamda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ta'lim tashkiloti oshxonasi tadbirkorlik subyekti tomonidan yuritilayotgani bois Biznes ombudsman bilan kelishilgan holda oshxonada kuchaytirilgan tekshiruv ishlari o'tkazilishini ma'lum qilamiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni