Holatga oydinlik kiritish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ta'lim tashkilotida tekshiruv ishlari olib borildi. Jarayonda bevosita murojaatchining o'zi ham ishtirok etdi. Natijada videoda aks etganidek, bolalarga berilgan somsadan olib qo'yilgan sutkalik namunada go'sht taomnomadagi grammiga ko'ra kamroq soilingani, taom tayyorlash jarayonida texnologik jarayonning buzilish holati aniqlandi.
Oshxonadagi ish jarayonini nazorat qiluvchi brakeraj komissiyasining ish faoliyati sustligi hamda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tashkilot rahbariga nisbatan tushuntirish berildi hamda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ta'lim tashkiloti oshxonasi tadbirkorlik subyekti tomonidan yuritilayotgani bois Biznes ombudsman bilan kelishilgan holda oshxonada kuchaytirilgan tekshiruv ishlari o'tkazilishini ma'lum qilamiz.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati