Eksport salohiyatini oshirish yo‘lida amaliy o‘rganishlar olib borildi

So‘nggi yillarda tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishga doimiy eʼtibor qaratilmoqda. 

Shu sababli, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan “FAYZIZODA FOODS” MCHJ`ga qarashli qovurilgan kartoshka (chips) mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur korxona tomonidan hozirgi kunda qovurilgan kartoshka (chips) mahsulotlari ishlab chiqarilib, qo’shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Rossiya davlatlariga eksport qilish yo‘lga qo‘yilgan. Mahsulot sifati va gigiyenik xavfsizligi bo‘yicha tegishli talablar asosida faoliyat olib borilmoqda. 

Mutaxassislar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish bosqichlari, sanitariya-gigiyenik sharoitlar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi 
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni