Eksport salohiyatini oshirish yo‘lida amaliy qadamlar

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo‘limi tomonidan eksportyor korxonalarni qo'llab-quvvatlash doirasida navbatdagi monitoring ishlari o‘tkazildi.

Tuman bo‘limi boshlig‘i Dilnoza Ahmedova boshchiligidagi ishchi guruh "Belton Treyding (Aziya)" korxonasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi.

Mazkur korxona tomonidan Qirg‘iziston Respublikasiga oziq-ovqat mahsulotlari eksporti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, suhbat davomida korxona rahbari eksport hajmini yanada oshirish va eksport geografiyasini kengaytirish rejalari borligini bildirdi. Ayni vaqtda korxonada sanitariya talablariga rioya etilgan, muhim muammolar aniqlanmadi.

Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan eksportyor korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir ishlar davom ettiriladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni