Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi bo‘limlari "Tashabbusli byudjet" g‘olibi!

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasining Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa hamda Yangihayot tuman bo‘limlari "Tashabbusli byudjet" loyihasida ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!

Mazkur loyihada ushbu bo‘limlar tashkilotning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash hamda ta’mirga muhtoj binolarni yangilash tashabbusini ilgari surdi. Aholi salomatligi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan soha mutaxassislarining mehnat sharoitlarini yaxshilash, samaradorlikni oshirish hamda zamonaviy talablar asosida faoliyat yuritishlari uchun bu juda muhim qadam bo‘ldi.

G‘alaba yo‘lida har bir fuqaroning qo‘llab-quvvatlashi, tashabbusni ilgari surgan jamoaning fidokorona mehnati va ishonchi katta rol o‘ynadi. Bu natija – faqat sanitariya-epidemiologiya tizimi xodimlarining emas, balki butun shahar aholisining yutug‘idir!

Loyiha doirasida Mirobod tumani bo'limi 1102 ta, Uchtepa tumani bo'limi 1742 ta, Mirzo Ulug'bek tumani bo'limi 1918 ta, Yangihayot tumani bo'limi 279 ta ovoz bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ushbu imkoniyatdan samarali foydalanib, sanitariya-epidemiologiya tizimi infratuzilmasini rivojlantirish, zamonaviy qiyofa kasb etish va yanada samarali ishlash yo‘lida harakat davom etadi!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni