Bezgak (malariya) – bu tropik va subtropik iqlimli hududlarda uchraydigan, "Plasmodium" turkumiga mansub parazitlar sabab bo‘ladigan yuqumli kasallik bo‘lib, u asosan "Anopheles" turkumiga kiruvchi chivinlar orqali odamdan odamga yuqadi.
Shu bois, Sanepidqoʻmita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo‘limi xodimlari tomonidan profilaktik choralar doirasida Yunus Rajabiy ko‘chasida joylashgan irrigatsiya tarmoqlaridan namunalar olindi.
Olingan namunalar "Anopheles" chivinlarining lichinkalari mavjudligini aniqlash maqsadida tekshiruvdan o‘tkazildi va hududdagi holat nazoratga olindi.
Bu ishlar bezgak kasalligining oldini olish, aholining salomatligini himoya qilish hamda tuman hududida gigiyena-epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida olib borilmoqda.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati