BEZGAK KASALLIGI – O‘ZINGIZNI VA YAQINLARINGIZNI ASRANG!

Bezgak (malariya) — bu chivinlar orqali yuqadigan xavfli yuqumli kasallik bo‘lib, inson hayoti uchun jiddiy tahdid tug‘diradi.

🧬 Kasallik qanday yuqadi?

‼️Bezgakni Plasmodium nomli parazit keltirib chiqaradi. Bu parazit anofeles chivini chaqqanda inson organizmiga o‘tadi.

🛑 ASOSIY BELGILARI:

🔺 Yuqori tana harorati (isitma);
🔺 Qaltirash, titroq;
🔺 Bosh og‘rig‘i;
🔺 Holsizlik, mushak og‘rig‘i;
🔺 Ba'zida ko‘ngil aynishi va qusish.

Agar sizda ushbu belgilar kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling!

❓Oldini olish choralari qanday?

🦟 Chivin chaqishining oldini oling:

✅Tunda chivin tarmog‘ida uxlang;
✅Tanani to‘sadigan kiyimlar kiying;
✅Chivinlarga qarshi maxsus spreylardan foydalaning.

🏡 Yashash muhitini toza saqlang:

🔹Suv to‘planadigan joylarni bartaraf eting;

🔹Chivinlar ko‘payadigan joylarni dezinfeksiya qiling.

Bezgak keng tarqalgan hududlarga imkon qadar sayohat qilishdan saqlaning. Chet el sayohatidan qaytgach, albatta shifokor ko'rigidan o'tishni unutmang!

Sog‘lom hayot – sizning qo‘lingizda!
Ushbu ma’lumotni do‘stlaringiz bilan ulashing, birgalikda bezgakka qarshi kurashaylik!

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni