Yozgi oromgohlarda sanitariya o'rganish ishlari olib borildi

Yozgi ta'til kunlarida bolalarning dam olishini tashkil etish va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish yuzasidan tizimli nazorat va monitoringni ta'minlash, bolalar xavfsizligini ta'minlash, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari va sifatli tibbiy xizmatni tshakillashtirilishi bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
  
Jumladan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan 293-sonli umumta'lim maktabi qoshida tashkil etilgan "Quyoshcha" yozgi sog‘lomlashtirish oromgohining sanitariya-texnik holati hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar bo‘yicha o'rganish ishlari olib borildi. 

O‘rganish davomida oromgohlarda mavjud cho‘milish havzalaridan laboratoriya tekshiruv o‘tkazish uchun namunalar olindi va laboratoriyalarga topshirildi.

Oromgohlarga qatnayotgan bolalarni salomatligini saqlash va dam olish kunlarini betalofat o‘tkazish maqsadida mas'ullariga tegishli tavsiyalar berildi va nazoratga olindi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni