Salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazildi

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifatini ta’minlash maqsadida muntazam nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Shu doirada, tumanda joylashgan spirtsiz ichimliklar ishlab chiqarish korxonasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish jarayonida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tahlil olib borildi:

➖ Ishlab chiqarish jarayonlarida sanitariya-gigiyena talablari va texnologik intizomga amal qilinishi;
➖ Ishchilar uchun shaxsiy gigiyena vositalari va tibbiy ko‘riklar tashkil etilganligi;
➖ Xomashyo va tayyor mahsulotlar laboratoriya tekshiruvlari natijalari bilan hujjatlashtirilganligi;
➖Ishlab chiqarish binosining umumiy sanitariya holati va ventilyatsiya tizimi.

O‘rganish natijasida ayrim kamchiliklar aniqlanib, korxona rahbariyatiga ushbu holatlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni