Gigiyenik ekspertiza natijalariga ko'ra Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limining taqiqlash qaroriga asosan jami 306 263 dona salqin ichimliklarni realizatsiya va savdo qilinishi hamda 1 405 kg xomashyo mahsulotlarining ishlatilishi taqiqlandi. Ushbu mahsulotlarni o'rnatilgan tartibda, komissiya ishtirokida yo'q qilinishi uchun tavsiya berildi.
Qayd etish kerakki, Sergeli tumani, Xonobod ko'chasida joylashgan "INTERNATIONAL BEVERAGES TASHKENT" MChJ`ga qarashli salqin ichimliklar ishlab chiqarish korxonasining murojaatiga muvofiq korxona omborxonasida saqlanayotgan, yaroqlilik muddati o'tgan hamda qadoq butunligi mexanik buzilgan xomashyo va tayyor mahsulotlar gigiyenik ekspertizadan o'tkazildi. Mahsulotlarning yaroqlilik muddati o'tganligi va iste'molga yaroqsiz deb topilganligi tufayli o'rnatilgan tartibda yo'q qilish xulosasiga kelindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati