Iste'mol uchun xavfli bo'lgan go'sht mahsuloti savdosi aniqlandi

Olib borilgan nazorat davomida tayyorlanishi noma'lum bo'lgan, sifati kafolatlanmagan 20 kg qiyma mahsulotlari savdosi aniqlandi va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi. 

Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi xodimlari tomonidan Qo'yliq dehqon bozorida mahsulotlarning sifati hamda bozorning sanitar holati ko'zdan kechirish jarayonida aniqlandi.

Eslatib o'tamiz, go'sht va go'sht mahsulotlari, xususan, tayyorlanishi noma’lum bo’lgan qiyma go'shtini sotish, sotib olish va iste'mol qilish, aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi, shuningdek, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishiga sabab bo'lishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni