Sifati kafolatlanmagan sut va sut mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi 

Sut va sut mahsulotlari tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari tarkibiga kiradi. Sutni qayta ishlab chiqarib, undan isteʼmol uchun mahsulot tayorlash maxsus korxonalarda amalga oshiriladi va qadoqlanib, tamg‘alanadi. 

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi xodimlari tomonidan "FOOD CITY" MCHJ`ga qarashli bozor hududida navbatdagi sanitariya nazorat tadbirlari o'tkazildi va mahsulotlarning sifati hamda bozorning sanitar holati ko'zdan kechirildi.

Nazorat davomida tayyorlanishi noma'lum bo'lgan, sifati kafolatlanmagan 15 litr go‘ja va 45 litr miqdorda ikkilamchi polietilen idishlarda saqlanayotgan qatiq mahsulotlari savdosi aniqlandi va Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda o'rnatilgan tartibda denaturatsiya qilish yo‘li bilan brakeraj qilindi. 

Eslatib o'tamiz, sut va sut  mahsulotlari, xususan tayyorlanishi noma’lum bo’lgan sut mahsulotlarini sotib olish va iste'mol qilish, aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi, shuningdek, oshqozon ichak faoliyatining o‘tkir buzilishiga, hattoki ovqatdan zaharlanish holatlarigacha sabab bo'lishi mumkin.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni