Maktab oshxonasida o‘rganish ishlari olib borildi

"Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari"ga asosan ta'lim muassasalarida  38 turdagi mahsulotlarni tayyorlash va sotish sotish taqiqlangan.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari  tomonidan  231-sonli maktab oshxonasida   o'rganish ishlari  olib borildi.

Nazorat davomida maktab oshxonasida taqiqlangan mayonez va ketchuplar, rangli gazli ichimliklar, har xil turdagi qandolat, fast-food mahsulotlari tayyorlanib sotilayotganligi aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda ushbu mahsulotlar  brakeraj qilindi.

Eslatib o‘tamiz, maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosini cheklash va ularni  nazorat  qilib borish maktab hududida tashkil etilgan brakeraj komissiyasi vakolatiga ham kiradi. Shuningdek, maktab oshxonasiga sotish uchun olib kelingan har bir mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlariga mosligi brakeraj komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va taqiqlangan mahsulotlar ular tomonidan savdodan olinishi kerak.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni