"Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta'lim muassasalarida o‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etishning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari"ga asosan ta'lim muassasalarida 38 turdagi mahsulotlarni tayyorlash va sotish sotish taqiqlangan.
Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tumani bo‘limi xodimlari tomonidan 231-sonli maktab oshxonasida o'rganish ishlari olib borildi.
Eslatib o‘tamiz, maktab oshxonalarida taqiqlangan mahsulotlar savdosini cheklash va ularni nazorat qilib borish maktab hududida tashkil etilgan brakeraj komissiyasi vakolatiga ham kiradi. Shuningdek, maktab oshxonasiga sotish uchun olib kelingan har bir mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlariga mosligi brakeraj komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilishi va taqiqlangan mahsulotlar ular tomonidan savdodan olinishi kerak.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati