Navro‘z bayrami munosabati bilan Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘ining yurtdoshlarimizga bayram tabrigi

Hurmatli yurtdoshlar! Aziz hamkasblar va qadrli vatandoshlar!

Siz azizlarni tabiat uyg‘onishining, yangilanish va ezgulikning ramzi bo‘lgan bahoriy bayram – Navro‘z ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman!

Navro‘z asrlar davomida mehr-oqibat, saxovat va birdamlik bayrami sifatida nishonlanib keladi. Bu kunlarda yuraklarimizda yangi umidlar jo‘sh uradi, tabiat yangilanib, atrofimiz yashil libosga burkanadi, xonadonlarimizga fayz kiradi. Navro‘zning ma’naviyati insonlarni ezgu ishlarga, o‘zaro hurmat va mehr-muruvvatga da’vat etadi.

Bugun yurtimizda tinchlik va barqarorlik hukm surayotgan, xalqimiz farovon hayot kechirayotgan bir paytda ushbu qadimiy bayramni yanada ko‘tarinki ruhda nishonlash biz uchun katta baxtdir. Ayniqsa, so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimi, jumladan, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligini ta’minlash yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Sanitariya-epidemiologiya sohasi xodimlari sifatida bizning asosiy maqsadimiz – xalqimiz salomatligini himoya qilish, epidemiyalarning oldini olish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish va yurtdoshlarimizga sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilishdir. Shunday ezgu vazifani bajarayotganimizdan faxrlanamiz va barchangizga sihat-salomatlik, kuch-quvvat hamda bardavom baxt tilaymiz.

Ushbu qutlug‘ kunda har bir xonadonda xursandchilik, tinchlik va farovonlik hukm sursin! Yurtimiz bundanda obod bo‘lib, xalqimiz yanada sog‘lom va baxtiyor yashash nasib etsin!

Malika Kudratxodjayeva,

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni