Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani bo‘limi xodimlari ham ushbu “Siyosiy-ma’rifat soati” darslarida muntazam ravishda haftaning har juma kuni faol ishtirok etishlari ta’minlanmoqda.
Ma’rifat soati davomida:
✅ Davlat rahbarining Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.Putin bilan telefon orqali suhbati mazmuni;
✅ Prezidentimizni hududlarni yanada rivojlantirish maqsadida Sirdaryo viloyati aholisini uzluksiz sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi uchun mablag‘ ajratish va bu ishni 2025-yil 1-iyulga qadar yakunlash zarurligini ta’kidladi;
✅ Ikkinchi jahon urushi yakunlanganligining 80-yilligi munosabati bilan ta’sis etilayotgan ko‘krak nishonini tasdiqlanganligi to‘g‘risida Prezident qarori bilan tanishtirildi;
✅ Davlat rahbarining taklifiga asosan, Pokiston Islom Respublikasi bosh vazirining yurtimizga qilgan tashrifi va bu tashrifdan ko‘zlangan maqsadlar xususida ma’lumot berildi;
✅ Mehnat jamoasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha huquqiy asoslar, aynan Vazirlar Mahkamasining 910-sonli qarori eslatib o‘tilib, sohaga oid bandlari bilan tanishtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati