Bosh sahifa / “Siyosiy ma’rifat soati” tashkil etildi

“Siyosiy ma’rifat soati” tashkil etildi

Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan Respublikamizdagi barcha muassasa, tashkilot Davlat fuqarolik  xizmatchilari uchun taqdim qilinadi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tumani  bo‘limi  xodimlari ham ushbu “Siyosiy-ma’rifat soati” darslarida muntazam  ravishda haftaning har juma kuni faol ishtirok etishlari ta’minlanmoqda.

Ma’rifat soati davomida:

✅  Davlat rahbarining Rossiya Federatsiyasi prezidenti V.Putin bilan telefon orqali suhbati mazmuni; 
✅ Prezidentimizni hududlarni yanada rivojlantirish maqsadida Sirdaryo viloyati aholisini uzluksiz sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi uchun mablag‘ ajratish va bu ishni 2025-yil 1-iyulga qadar yakunlash zarurligini ta’kidladi;
✅  Ikkinchi jahon urushi yakunlanganligining 80-yilligi munosabati bilan ta’sis etilayotgan ko‘krak nishonini tasdiqlanganligi to‘g‘risida Prezident qarori bilan tanishtirildi;
✅ Davlat rahbarining taklifiga asosan, Pokiston Islom Respublikasi bosh vazirining yurtimizga qilgan tashrifi va bu tashrifdan ko‘zlangan maqsadlar xususida ma’lumot berildi;
✅ Mehnat jamoasida korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha huquqiy asoslar, aynan Vazirlar Mahkamasining 910-sonli qarori eslatib o‘tilib, sohaga oid bandlari bilan tanishtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


7-03-2025, 16:04
Ortga qaytish