Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi (VSEL) xodimlari bilan birgalikda tumanda joylashgan Navro'z dehqon bozorida o'rganish ishlari amalga oshirildi.
O'rganishlar davomida sifatini tasdiqlovchi hujatlarsiz bozorning kirish qismida sotuvga qo'yilgan 59 kg mol go’shti sotuvdan olindi va VSEL laboratoriyasiga tekshiruv uchun yuborildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati