Bosh sahifa / Sifatsiz go'sht  mahsuloti sotuvdan olindi 

Sifatsiz go'sht  mahsuloti sotuvdan olindi 

Oziq-ovqat mahsulotlarini sotish va  saqlashda sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish lozim. Shuningdek, rangi, ta’mi hidi va tashqi ko‘rinishi o‘zgargan oziq-ovqat mahsulotlarni mutlaqo iste’mol qilmaslik tavsiya etiladi.

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi mutaxassislari hamda Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi (VSEL) xodimlari bilan birgalikda tumanda joylashgan Navro'z dehqon bozorida o'rganish ishlari amalga oshirildi.

O'rganishlar davomida sifatini tasdiqlovchi hujatlarsiz bozorning kirish qismida sotuvga qo'yilgan 59 kg mol go’shti sotuvdan olindi va VSEL laboratoriyasiga tekshiruv uchun yuborildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


21-02-2025, 13:17
Ortga qaytish