Ijtimoiy himoyadagi bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlar organildi
Sergeli tumanidagi 7-sonli umumta'lim maktabdagi ijtimoiy himoya yo'nalishidagi sinf xonalarini tashkil qilinishi, bolalar uchun sanitariya-gigiyenik sharoitlarning yaratilishi yuzasidan o'rganish o'tkazildi.
O'rganishlar davomida quyidagi qator tashkiliy masalalarga e'tibor qaratildi:
➖maktab binosiga kirishda panduslar tashkil qilingani;
➖ijtimoiy himoya sinf xonalarining kirish qismiga yaqin joylashuvi;
➖sinf xonalari yaqinida tibbiyot xonasining joylashuvi;
➖sinf xonalarining kirish eshiklari 2 tabaqali va keng bo'lishi;
➖sinf xonalarini keng va shinam bo'lishi, maxsus o'quv mebel va texnika bilan jihozlanishi;
➖xonalarda qo'l yuvish sharoitlarining bo'lishi;
➖maxsus jihozlangan hojatxonalar tashkil qilinishi va qulay joylashuvi;
➖xonalarda kuzatuv kameralarining bor yoki yo'qligi ko'zdan kechirildi.
Yuqoridagi sanitariya-gigiyena talablariga asoslanib, maktab ma'muriyatiga tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berilib, kamchiliklarning bartaraf etilishi nazoratga olindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
MAVZUGA OID QO`SHIMCHA MA`LUMOTLAR