Mahsulotlar sanoat sterilligiga ko‘ra tahlildan o‘tkazildi 

Mahsulotlarni sanoatda qadoqlanishi, ayniqsa, qadoqlari zich yopilgan holda ishlab chiqariladigan konserva mahsulotlarini sanoat sterilligi ko‘rsatkichlari botulizm kabi ovqatdan zaharlanish holatini oldini olishda eng muhim xavfsizlik ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Chilonzor tuman bo‘limi laboratoriya kompleksi tomonidan xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha meva-sabzavot konserva mahsulotlari va tez tayyorlanadigan taomlar kasallik qo‘zg‘atuvchilari bilan zararlanganlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra tahlildan o‘tkazildi. 

Mahsulotlar ayniqsa, sabzavot konserva mahsulotlari sanoat sterilligi ko‘rsatkichi bo‘yicha 10 ish kuni mobaynida termostat sharoitida tekshiruv va kuzatuvga qo‘yildi; 
Patogen ichak tayoqchasi guruhi bakteriyalari bilan zararlanganlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha maxsus ozuqa muhitlariga ekilgan holda tekshiruvdan o‘tkazildi. 

Yodda tuting, iste’mol uchun xarid qilinayotgan mahsulotlar bakteriologik, kimyoviy, radiologi, parazitologlik va virusologik (ya’ni gen madifisirlangan organizmlar mavjudligi) ko‘rsatkichlari bo‘yicha tahlildan o‘tkazilgach, xavfsizlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha amaldagi sanitariya qoida va normalari talablariga muvofiq, deb topilgandagina sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirib beriladi va savdo rastalariga chiqarishga ruxsat beriladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni