2024 yil yanvar-dekabr oylari davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmagan

Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir​. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir. 

Aynan davlat tashkilotlari, xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo'limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari, davlat xaridlari to'g'ri yo'sinda olib borilayotganini nazorat qilish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki tuzilmasi faoliyat olib bormoqda.. 

Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar  boshqarmasiga 2024 yil yanvar-dekabr oylari davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmagan.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni