Korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir. Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.
Aynan davlat tashkilotlari, xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi va tuman bo'limlarida faoliyat olib borayotgan xodimlarning korrupsion holatlarga yo'l qo'ymasliklari, davlat xaridlari to'g'ri yo'sinda olib borilayotganini nazorat qilish uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish ichki tuzilmasi faoliyat olib bormoqda..
Korrupsiya faktlariga doir murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko'ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasiga 2024 yil yanvar-dekabr oylari davomida korrupsiya faktlariga doir murojaatlar kelib tushmagan.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati