1 dekabr ─ OITSga qarshi kurash kuni: kasalli haqida nimalarni bilamiz?

OIV (odam immuniteti tanqisligi virusi) surunkali yuqumli kasallik bo‘lib, inson organizmida butun hayoti davomida saqlanib qoladi. U organizmni tashqi xavfli ta'sirlardan himoya qiluvchi tizim ─ immun tizimini izdan chiqaradi. Uning o‘ziga xosligi shundaki, virus organizmga tushgan dastlabki davrda hech qanay noxush alomatlar sezilmaydi, immun tizimi viruslarning tajovuzini bostirib turadi. Odam virusni yuqtirib olganidan boshlab 10 yilgacha o‘zi kasal ekanini sezmaydi. Bu davrda organizmda OIV viruslari bilan kasallangan hujayralar soni sog‘lom hujayralarga qaraganda oshib boradi, natijada OITS (orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi) kelib chiqadi. Bu surunkali tarzda kechuvchi tizimli xastalik. U faqat bitta organni zararlaydi, deb tushunish xato.

OIV infeksiyasi OIV bilan zararlangan shaxs bilan himoyalanmagan jinsiy aloqa qilganda, giyohvand moddalarni guruh bo‘lib tomir orqali qabul qilganda, virus bilan zararlangan, tekshirilmagan qon va uning tarkibiy qismlari quyilganda, zararsizlantirilmagan jarrohlik, doyalik, stomatologik va boshqa tibbiy asboblar orqali muolajalar olganda, shprits va ignalardan umumiy foydalanilganda, infeksiyani yuqtirib olgan homilador onadan bolaga homiladorlik davrida jarohatlangan yo‘ldosh orqali, bola tug‘ilishi jarayonida tug‘uruq yo‘llari jarohatlanishi tufayli va bolani emizish jarayonida ona suti orqali yuqadi.

Har bir inson o‘zida shubhali holatlarni sezgan taqdirda ixtiyoriy ravishda tekshiruvdan o‘tishlari mumkin. Buning uchun har bir viloyatdagi OITSga qarshi kurashish markazlari va tumanlararo OITSga tashxis qo‘yish laboratoriyalariga murojaat qilish lozim. «Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan tekshiruvlar tekshiruvdan o‘tayotgan shaxsning xohishiga ko‘ra maxfiylikka rioya etilgan holda amalga oshiriladi. OIVga tekshirish natijalari qanday bo‘lishidan qat'i nazar vrach buni sir saqlashi kafolatlanadi. Shu bois tekshiruvlardan o‘tishdan qo‘rqmaslik kerak.

«Odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik (OIV infeksiyasi) tarqalishiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunning 15-moddasiga muvofiq, turmush qurmoqchi bo‘lgan yoshlar OIV infeksiyasi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkaziladi, agar ularda kasallik aniqlansa, dispanser nazoratiga olinadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni