Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i Malika Qudratxodjayevaning bayram tabrigi

Assalomu alaykum qadrli hamkasblar, o'z hayotini aholi salomatligi uchun bag'ishlagan jonkuyar tibbiyot xodimlari! 

El-yurt salomatligini saqlash, turli kasalliklarni oldini olish, bu borada aholining mustahkam immunitetini shakllantirish, ularning tibbiy, sanitariya-epidemiologik madaniyatini oshirishdek g'oyat mas’uliyatli hamda sharafli kasbni tanlashning o'zi katta iroda talab qiladi. Ayniqsa, buni, ya’ni o'z salomatligidan ko'ra boshqalar sog'ligini ko'proq o'ylaydigan tibbiyot xodimlarining jasoratini Covid-19 infeksiyasiga qarshi kurashish jarayonida yaqqol isbotini ko'rdik. 

Sizlarning mashaqqatli va olijanob mehnatingizni munosib qadrlash, tizim uchun malakali kadrlarni yetkazib berish hamisha davlatimiz e’tibori markazida turibdi. 

Hurmatli soha xodimlari Sizlarni kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etib, barchangizga baxt-saodat, amalga oshirib kelayotgan ishlaringizda ulkan muvaffaqiyat, metindek iroda va oilangizdan fayz-u baraka arimasligini tilayman. Doim xalq xizmatida bo'lib, ularning salomatligini asrash, yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishdagi ishlaringiz bardavom va yutuqlarga boy bo'lsin!

Malika Qudratxodjayeva,

Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig'i


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni