Bozor shoxobchalarining sanitariya holati yuzasidan profilaktik ishlar amalga oshirildi

Mutaxassislar tomonidan olib borilgan o'rganishlar davomida iste'molga yaroqsiz bo'lgan 20 litr tok bargi, 15 kg pomidor mahsulotlari savdodan olinib, yo'q qilish choralari ko'rildi.

Aytish joizki, ushbu holat  bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi xodimlari tomonidan "Beshqo'rg'on" MCHJ ga qarashli Farg'ona shoxobchasida olib borilgan o'rganishlar natijasida aniqlandi.

Shuningdek, "Tolimarjon" ko'chasida joylashgan oziq-ovqat do'konlarining sanitar holatini o'rganish orqali, turli xildagi sifatini kafolatlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan fast-food mahsulotlarning sotilishi ma'lum bo'ldi. Holat yuzasidan sotuvchilarga ogohlantiruvchi sanitariya targ'iboti o'tkazilib, mahsulotlar savdodan olindi.

Eslatib o'tamiz, har qanday joydan mahsulotni sotib olishda avvalo uning iste'mol talablariga javob berishiga ahamiyat qaratish eng muhim hisoblanadi. U xoh bozorlar bo'lsin, xoh, savdo do'konlari. Ko'cha-ko'ylarda sotilayotgan mahsulotlarni xarid qilmaslik eng to'g'ri yo'ldir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni