Oziq-ovqat xavsizligi to’g’risida juda ko’p marotaba ta’kidlab kelinadi. Ammo, shunga qaramay, noto'g'ri sharoitda, sanitariya talablariga zid ravishda sotish holatlariga guvohi bo'lamiz.
Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumandagi "Suvsoz" dahasi hududida joylashgan oziq-ovqat do'konlari hamda savdo shoxobchalarida sanitariya nazorat tadbirlari amalga oshirildi.
O'rganishlar davomida tegishli ko'rsatmalar asosida ishlab chiqarilgan ogohnoma xatlari sotuvchilarga taqdim etildi va doimiy tarzda amal qilishlari bo'yicha tavsiyalar berildi.
Shuningdek, sifatini kafolatlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan 8 dona gamburger hamda 4 dona lavash mahsulotlari tegsihli tartibda savdodan olinib, do‘kon egasi tomonidan yo'q qilish choralari ko'rildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati