Mutlaqo yaroqsiz deb topilgan mahsulotlar savdosi bartaraf etildi

Sifatli oziq-ovqat mahsulotlari har bir iste'molchiga zaruriy ozuqa manbai hisoblanadi. Ammo e'tiborsizlik oqibatida muddati o'tgan mahsulotlarni  iste'mol qilish salbiy oqibatlarni yuzaga keltirib chiqarishi hech gap emas.

Shu bois, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Mirobod dehqon bozorida mahsulotlarni saqlash, sotish texnikalariga qay tartibda amal qilinganligi hamda atrof-muhitning sanitariya holati yuzasidan o'rganish olib borildi.

O'tkazilgan reyd tadbirlari davomida sifati o'zgargan, o'z xususiyatlarini yo'qotgan mahsulotlar savdosi aniqlandi. Jumladan:

5kg avokado;
5 kg bulg'or qalampiri;
4 kg sabzi;
3 kg baqlajon mahsulotlari tegishli tartibda savdodan oldirildi va yo'q qilish choralari ko'rildi.

Eslatib o'tamiz, bu kabi chora-tadbirlar har kuni tuman bo'limi xodimlari ishtirokida barcha savdo tarmoqlarida amalga oshiriladi. Bu orqali kimningdir ish faoliyatiga to'sqinlik qilish emas, aksincha aholini turli ovqatdan zaharlanish holatlariga erta barham berish maqsadida o'tkaziladigan amaldagi vazifalardan biri hisoblanadi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni