Xabaringiz bor, poytaxtimiz hududida parazitar kasalliklarni oldini olish borasida qator ishlar olib boriladi. Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi parazitologiya laboratoriyasi bo'linmasi mutaxassislari tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligining "Respublikada parazitar kasalliklar profilaktikasi chora-tadbirlarini rivojlantirish to'g'risida" gi buyrug'i asosida Yangi zamon ko'chasining ariq va zovurlarida amalga oshirildi.
O'tkazilgan tekshiruvlar natijasida kuleks chivin lichinkalari aniqlandi va bartarf etish yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi.
Ma'lumot o'rnida, keng tarqalgan kuleks chivini qushlarda bezgak kasali tarqatadi. Bezgak chivini – anofeles odamga uch xil parazit – qon plazmodiyalarini tarqatib, xavfli bezgak kasalini tez tarqalishiga sabab bo‘ladi. Bundan boshqa sariq bezgak, fil kasali paraziti, yapon ensefaliti (miya kasali) va boshqa xastaliklarni tarqatib inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati