Entomologik kuzatuvlar bo‘yicha qo‘shma tadbirlar olib borildi 

Hasharotlarning foydali va zararli turlari mavjud. Mutaxassislar qishloq xo‘jalik ekinlarini biologik himoyalash maqsadida yetishtirgan hasharotlardan tortib qon so'ruvchi ta'bni xira qiluvchi chivinlar ham bor. Eng muhimi, chivinlar chaqishi oqibatida turli xavfli kasalliklarni ham keltirib chiqarishi mumkin.

Shu sababli Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari hamda Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani bo‘limi mutaxassislari ishtirokida yillik rejaga muvofiq chegaradosh hududlarda entomologik kuzatuv ishlari o‘tkazildi. 

O'tkazilgan entomologik tekshiruv natijalariga ko'ra, O‘rtachirchiq tumani hududiga tegishli ko‘prik uchun qazilgan chuqurdan Culex Pipiens va Anopheles chivinlari lichinkalari aniqlandi. Dezinfeksiya tadbirlari bo‘linmasi dezinfektorlari tomonidan dezinseksiya ishlari amalga oshirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni