Sanitariya minimumi qonun bilan tartibga solinadigan profilaktika chora-tadbirlarning yagona majmui hisoblanadi. Gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tish fuqarolarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muayyan (dekretiv) kasb egalari uchun majburiydir. Sanitariya minimumi davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida o‘qitiladi.
Sanepidqoʼmita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman boʼlimi mas'ul xodimi tomonidan tuman hududida faoliyat yuritayotgan "Sun sity" MChJ ga qarashli go‘zallik salonining ishchi xodimlari sanitariya-minimumi oʼquv kurslari boʼyicha oʼqitildi.
O'quv kursi davomida xodimlarga ish jarayonida amal qilinishi lozim bo'lgan sanitariya-gigiyenik talablariga rioya etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati