Yaroqsiz bo'lgan sut va xamir mahsuloti savdodan olindi

Sanitariya qoida va me'yorlariga ko'ra, ikkilamchi idishlarda mahsulot saqlab, sotish taqiqlanadi. Negaki, xaridor uchun mahsulot solingan bu kabi idishlar avval qay tarzda ishlatilgani va zararsizlantirilganligi noma'lum. Bu esa mahsulot sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmay qolmaydi. 

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo'limi tomonidan Yunusobod dehqon bozorida o'tkazilgan reyd davomida  iste'molga yaroqsiz 23 litr sut va sut mahsulotlari va 18 kg lag'mon xamiri o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

Eslatib o'tamiz, ikkilamchi idishlarda sotilayotgan sut mahsulotlari, muzlatgichda saqlanmayotgan xamir mahsulotlari xarididan saqlaning. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni