Kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa ekspertizalar buyurtmachining mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, aholining va alohida shaxslarning sog‘lig‘i hamda kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa turlari, shuningdek loyiha hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muhitlarning, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining, sanoat buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi.

Maxsus ekspertizalarni o‘tkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.

("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" gi qonunning 29-moddasi (https://lex.uz/acts/-2732587))

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni