Amaldagi qonunchilikka ko'ra, aholining va alohida shaxslarning sog‘lig‘i hamda kasallanish holatini maxsus ekspertiza qilishning sanitariya-gigiyenik turlari va boshqa turlari, shuningdek loyiha hujjatlarining, texnik hujjatlarning hamda boshqa hujjatlarning, uskunalarning, asboblar hamda apparatlarning, kimyoviy moddalarning, turli birikmalarning, materiallar va muhitlarning, oziq-ovqat xomashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarining, sanoat buyumlarining, radioaktiv materiallarning, radiatsiyaviy texnikaning ekspertizalari davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar, sanitariya-epidemiologiya xizmati muassasalari, ilmiy-tadqiqot, oliy ta’lim muassasalari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan buyurtmachining mablag‘lari hisobidan o‘tkaziladi.
Maxsus ekspertizalarni o‘tkazish tartibi, buyurtmachilarning, ekspert muassasalarining hamda ekspertlarning huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
("Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to'g'risida" gi qonunning 29-moddasi (https://lex.uz/acts/-2732587))
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati