Oziq-ovqat xavsizligi to'g'risida qancha targ'ibot olib borsak, shuncha ozdir. Sababi bu butun dunyo bo'ylab keng tarqalgan dolzarb mavzulardan biridir. Ayni yoz faslida, har qanday mahsulot tarkibi tez o'zgarishga moyil hisoblanadi. Bu holat esa, ko'plab noroziliklarlarga va surunkali kasalliklarga bevosita omil yaratishi hech gap emas.
Xususan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi xodimlari ishtirokida Mirobod dehqon bozorining sanitariya holati hamda iste’moldagi mahsulotlarning sifati o’rganildi.
O’rganishlar natijasida sifati buzilgan, organoleptik xususiyati o’zgargan mahsulotlar savdosi aniqlandi:
120 kg qovun;
80 kg tarvuz;
5 kg banan;
4 kg avokado mahsulotlari tegishli tartibda yo'q qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati