Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirzo Ulug'bek tuman bo'limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan 205-343- va 344-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan navbatdagi o'rganish ishlari o'tkazildi.
Shuningdek, 205-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida o'tkazilgan o'rganish ishlari natijasida maktabning yangi o'quv yiliga tayyor ekanligi ma'lum bo'ldi.
Navbatdagi 343- hamda 344-sonli maktablar o'rganilganda, xonalarning pol qismi yaroqsiz holatga kelib qolgani hamda qo'l yuvish moslamalari va hojatxonalarida ta'mirlash ishlari olib borilmaganligi aniqlandi.
Ushbu aniqlangan kamchiliklar bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berilib, yangi o'quv yiligacha bartaraf etish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati