Har bir mahsulotni xarid qilish jarayonida, uning hidi, shakli, organoleptik xususiyati o'zgarmaganligiga, iste'molga yaroqliligiga to'liq ishonch hosil qilgandan so'ng, sotib olish maqsadga muvofiqdir. Bu o'z navbatida oila a'zolaringizni va o'zingizni salomatligingizga bo'lgan e'tiborni anglatadi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan Mirobod dehqon bozorida mahsulotlarni sotish texnikalari va qoidalariga qay tartibda amal qilingaligi yuzasidan o'rganish o'tkazildi.
Natijada, zaharlanish holatlariga sabab bo'luvchi 15 kg shaftoli mevasi joyida savdodan oldirildi va yo’q qilish choralari ko’rildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati