Ovqatlanish shoxobchalarida sanitariya targ'ibot ishlari davom etmoqda 

Ovqatlanish shoxobchalarining ish faoliyatini tartibga solish, sanitariya me'yorlari asosida ishlashini nazorat qilish aholi orasida ovqatdan zaharlanish holatlarini qayd etilishini oldini olishda muhim ahamiyatga egadir.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Uchtepa tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan ovqatlanish shoxobchalari, somsaxonlar va novvoyxonalarda sanitariya targ'ibot ishlari davom etmoqda.

Targ'ibot davomida korxonada kunlik tozalash va zararsizlantirish ishlarining olib borilishi, xodimlarning davriy tibbiy ko'rikdan o'tganligi, ovqat tayyorlash texnologiyasiga rioya etilayotganligi, xodimlar maxsus ust-bosh bilan ta'minlanganligi, santexnika jihozlari to'liq ishchi holatda ekanligi, xodimlarning maxsus oshpazlik kursida va sanitariya minimmum kurslarida o'qiganligi o'rganildi.

Korxona rahbarlariga va ma'sul xodimlariga ko'rsatma xatlar berildi va tushuntirish ishlari olib borildi.


Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni