Donali mahsulotlar tayyorlovchi shoxobcha faoliyati vaqtincha to'xtatildi

Ko'pchilik uchun tez tayyor bo'luvchi somsa, donali taomlar tayyorlash shoxobchalarida ovqatlanish hamyonbop bo'lishi bilan bir qatorda vaqtni tejashga ham yordam beradi. Ammo u yerda sanitariya qoidalariga rioya qilinmay ishlash va ta'mir holatining qoniqarsiz ahvoldaligi odamlarda ovqatdan zaharlanish, oshqozon ichak kasalliklarini kelib chiqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Shu kabi shoxobchalarda sanitariya holatini yaxshilash, mavjud kamchiliklarni aniqlash maqsadida Boshqarmaning Sergeli tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari olib borildi. O'rganishlar davomida somsa, pirojki kabi donali taomlar tayyorlash shoxobchasining ta'mirtalabligi va sanitariya holatinin qoniqarsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga amal qilinmayotgani kuzatildi.  

Shoxobcha rahbarining tashabbusiga binoan obyektda ta'mirlash ishlari o'tkazilib, sanitariya holatini tartibga keltirilgunga qadar vaqtincha faoliyati to'xtatildi. Mutasaddilarga barcha kamchiliklarni bartaraf qilish bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni