Ko'p marotaba ta'kidlanganidek, uy sharoitida konserma mahsulotlarini tayyorlash tavsiya etilmaydi. Negaki bu jarayonda biz mahsulot tarkibidagi bakteriyalar nobud bo'lishi uchun yetarli harorat va bosimni bera olmaymiz.
Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yakkasaroy tuman bo'limi xodimlari tomonidan Askiya dehqon bozorida aynan uy sharoitida tayyorlangan, zaharlanish holatini yuzaga keltirish xavfi yuqori bo'lgan mahsulotlar savdosini cheklash maqsadida nazorat tadbiri o'tkazildi.
Natijada noma'lum uy sharoitida tayyorlangan 20 ta turli hajmdagi murabbo hamda 100 kg qiyma, tovuq a'zolarining savdosi to'xtatildi.
Eslatib o'tamiz, ovqatdan zaharlanmaslik maqsadida uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamang va yoqliqlari, sertifikati mavjud bo'lmagan mahsulotlar iste'molidan saqlaning.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati