Bozorlarda oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini tashishga bo'lgan sanitariya talablariga rioya etilishi shart

Amaldagi Sanitariya qoida va me'yorlariga ko'ra, oziq-ovqat xom ashyosi va mahsulotlarini tashishda xom va tayyor mahsulotlarni alohida tashigan holda, har bir mahsulotga nisbatan sanitariya qoidalariga rioya etilishi kerak. 

Oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashishda shu maqsad uchun mo‘ljallangan yoki maxsus jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi. Bunda, yilning issiq davrida mahsulotlarni tashish +6°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda muzlatgichli yuklagichda olti soatdan va izotermik yuklagichda bir soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda amalga oshiriladi. 

Tirik baliqlar maxsus va suvni kislorod bilan to‘yintiruvchi uskunasi bo‘lgan termoizolyasiyali sisternali transport vositalarida tashiladi. Bunda, suv harorati qishda +2°C darajadan past, yozda +14°C darajadan yuqori bo‘lmasligi kerak. 

Oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalaridan faqat ushbu maqsadlarda foydalanilishi lozim. 

Oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi haydovchilar toza maxsus ish kiyimiga ega bo‘lishi va shaxsiy gigiyena qoidalari va oziq-ovqat mahsulotlarini tashish qoidalariga rioya etishlari kerak.

Oziq-ovqat xom ashyosi va oziq-ovqat mahsulotlarini tashish transportlarida har kuni sanitariya tozalash va o‘n kunda bir marta dezinfeksiya o‘tkazilishi lozim.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni