Yozning jazirama issiq kunlarida yo'l yoqalarida sotilayotgan mors, ayron, go'ja, har xil mevali sharbatlarga ko'zimiz tushadi. Ko'chma savdo bilan shug'ullanuvchi shaxslar tomonidan sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan, sifatsiz, tayyorlanish sharoiti noma'lum bo'lgan bunday salqin ichimliklar inson salomatligiga salbiy ta'sir qilish ehtimoli yuqori.