📌Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tumani bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi “Oltin vodiy” mahalla markazida aholi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🧹Uchrashuv davomida mahalla hududida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish, xonadonlarda ozodalikni ta’minlash, shaxsiy gigiyena talablariga amal qilish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
💧Shuningdek, toza ichimlik suvidan foydalanish, sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish, yuqumli va parazitar kasalliklarning oldini olish, botulizm hamda ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘luvchi omillar haqida batafsil ma’lumot berildi.
🩺Alohida e’tibor kasalliklar profilaktikasiga qaratildi. Jumladan, gripp, meningit, qizamiq va virusli gepatit A kasalliklarining yuqish yo‘llari, asosiy alomatlari, mumkin bo‘lgan asoratlari hamda ularga qarshi emlash tadbirlarining ahamiyati tushuntirildi.
📚Uchrashuv yakunida aholi vakillariga mavzular yuzasidan targ‘ibot materiallari tarqatilib, kundalik hayotda sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati