🥩Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, ularning sanitariya-gigiyena talablariga muvofiqligini baholash hamda iste’molchilar salomatligini muhofaza qilish maqsadida rejali laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.
📍Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi sanitariya vrachlari hamda Bakteriologiya laboratoriyasi xodimlari hamkorligida Eski Juva dehqon bozoridan belgilangan reja asosida oziq-ovqat mahsulotlari namunalari olindi.
🔬Olingan namunalar laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun topshirildi. Tadqiqotlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi belgilangan:
✅GOST 26668-85 standarti talablariga muvofiq namunalarni olish va tayyorlash;
✅Mikrobiologik ko‘rsatkichlar bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazish.
🧪Laboratoriya tahlillari oziq-ovqat mahsulotlarining mikrobiologik xavfsizligini baholash, sanitariya talablariga muvofiqligini aniqlash hamda inson salomatligi uchun potensial xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillarni o‘z vaqtida aniqlashda muhim ahamiyatga ega.
‼️Asosiy maqsad — bozorlarda realizatsiya qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish, iste’molchilar salomatligini himoya qilish va oziq-ovqat orqali yuqadigan kasalliklarning oldini olish!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati