📍Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi tomonidan tumanda faoliyat yuritayotgan “BENEFIT GLOBAL” MCHJ vakillari bilan korxonaning eksport faoliyati bilan bog‘liq masalalarni o‘rganish yuzasidan suhbat o‘tkazildi.
🏭Korxona vakili taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, ishlab chiqarish faoliyati Buxoro va Samarqand shaharlarida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korxona asosan qurilish materiallari, jumladan, gipsokarton va bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.
🚆Muloqot davomida temir yo‘l orqali yuk tashish xarajatlarining ikki baravarga oshgani korxonaning ishlab chiqarish va logistika faoliyatiga ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.
🔎Mazkur masalani vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda uning ijobiy yechimiga ko‘maklashish maqsadida shahar hokimligi vakilidan amaliy yordam so‘raldi.
✅Suhbat yakunida yuzaga kelgan muammoni hal etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish va bu borada tegishli hamkor tashkilotlar bilan ish olib borish yuzasidan kelishuvga erishildi.
📌Maqsad — tadbirkorlik subyektlari murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarga yechim topishga ko‘maklashish va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati