🦠Qizamiq nima?
🛡Qizamiq — virus sababli yuzaga keladigan, havo orqali juda tez tarqaladigan yuqumli kasallik. U, ayniqsa, emlanmagan bolalar va kattalar uchun xavfli bo‘lib, qisqa vaqt ichida ko‘plab odamlarga yuqishi mumkin.
❗️Qizamiq virusiga qarshi antibiotiklar ta’sir qilmaydi. Davolash shifokor tavsiyasi asosida olib boriladi. Qizamiq bilan kasallanganlik gumoni bo‘lsa, o‘zboshimchalik bilan dori qabul qilmang.
📌Unutmang, qizamiqning oldini olish mumkin. O‘z vaqtida emlanish — o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini himoya qilishning eng ishonchli yo‘llaridan biridir!
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati