📌Shayxontohur tumanida qizamiq kasalligi o‘chog‘i yuzasidan epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.
🔎Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi Epidemiologiya va immunoprofilaktika bo‘linmasi mutaxassislari tomonidan tumandagi 46-sonli oilaviy poliklinika hududida qizamiq kasalligi o‘chog‘i aniqlangani munosabati bilan epidemiologik tekshiruv tashkil etildi.
📝Nazorat tadbiri davomida quyidagi masalalar o‘rganildi:
🔴Qizamiq kasalligi o‘chog‘ida amalga oshirilayotgan epidemiologik chora-tadbirlar holati;
🔴 Poliklinika xizmat ko‘rsatish hududida, ayniqsa, bolalar o‘rtasida qizamiqqa qarshi emlash ishlarining tashkil etilishi;
🔴 Kasallikning keyingi tarqalishining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarning amalga oshirilishi;
🔴 Aholi orasida qizamiq kasalligi va uning profilaktikasi bo‘yicha olib borilayotgan tushuntirish ishlari.
💉QIZAMIQDAN HIMOYALANISHNING ENG SAMARALI YO‘LI — EMLASH!
⚠️Qizamiq — tez tarqaluvchi yuqumli kasallik. Uning oldini olishda emlash taqvimiga qat’iy rioya qilish, bolalarning emlanish holatini tekshirish va emlash muddati o‘tgan bo‘lsa, oilaviy poliklinikaga murojaat qilish muhimdir.
👨👩👧👦Ota-onalar diqqatiga! Farzandingizning emlash holatini nazorat qiling. Qizamiqning oldini olishda har bir insonning mas’uliyati va profilaktik choralarga amal qilishi muhim ahamiyatga ega.
✔️ Aholi salomatligini muhofaza qilish, qizamiq kasalligi tarqalishining oldini olish va poytaxtda epidemiologik barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan nazorat-profilaktika tadbirlari davom etmoqda.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati