Ochiq muloqot — tajriba va motivatsiya maydoni

Bugun Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi boshlig‘i Malika Kudratxodjayeva sohaga yangi kirib kelayotgan yosh kadrlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

 

Uchrashuv davomida boshqarma boshlig‘i o‘zining mehnat faoliyati, kasbiy tajribasi va sohada erishilgan natijalar haqida so‘z yuritib, yosh mutaxassislarga kasbiy rivojlanish, mas’uliyat va fidoyilik borasida muhim tavsiyalar hamda motivatsion fikrlar bildirdi.

Shuningdek, yosh xodimlarning taklif va murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy suhbat tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini oshirish hamda tizimda ochiq muloqot va hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni