Qo‘llanishga yaroqsiz dori vositalari yo‘q qilindi


‼️Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo‘limiga "GRAND PHARM TRADE" MChJga qarashli farmatsevtika korxonasidan kelib tushgan murojaat asosida korxona omborida saqlanayotgan, saqlash muddati o‘tganligi sababli foydalanishga yaroqsiz holga kelgan dori vositalarini yo‘q qilish jarayonida ishtirok etildi.

📦 Maxsus komissiya tomonidan 22 turdagi, jami 47 393 qadoq saqlash muddati o‘tgan dori vositalari aniqlanib, belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

🔥 Yaroqsiz dori vositalarini utilizatsiya qilish jarayoni Toshkent viloyatida joylashgan "PROUTILIZATSIYA" MChJga qarashli maxsus kuydirish pechida komissiya a'zolari ishtirokida amalga oshirildi.

✅ Mazkur tadbir atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini saqlash hamda sifatsiz va yaroqsiz dori vositalarining noqonuniy muomalaga kirib qolishining oldini olish maqsadida tashkil etildi.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati



SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni