UMUMIY OVQATLANISH KORXONASINING ISH FAOLIYATI VAQTINCHALIK TO‘XTATILDI

Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash nazorat organlarining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.Sifatli va xavfsiz oziq-ovqat — aholi salomatligi garovi.


Fuqaro murojaati asosida Biznes ombudsmanni xabardor etgan holda Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan "Bektemirshox" ko'chasida joylashgan "Farangiz Fazliddin M-X" XKga qarashli umumiy ovqatlanish shaxobchasida kuchaytirilgan sanitariya-epidemiologik tekshiruv o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida umumiy ovqatlanish korxonasida amaldagi sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmagani va bir qator kamchiliklar aniqlandi. 

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklarni bartaraf etish maqsadida korxonaning ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi.

Shuningdek, shoxobchada tashqi muhit obyektlaridan, oziq-ovqat mahsulotlari, ichimlik suvi hamda ishchi xodimlardan infeksiya tashuvchanligini aniqlash maqsadida surtma namunalari olinib, bakteriologik laboratoriya tekshiruvi uchun yuborildi.

Mutaxassislar tomonidan korxona rahbariyatiga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sanitariya holatini me’yoriy talablarga muvofiqlashtirish hamda iste’molchilar salomatligi uchun xavfsiz sharoit yaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni